avatar
Куч
0.10
Рейтинг
+0.04

Мақолалар

“Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri”

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
“Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri”

Reja:
1. Mening bobom va buvimga bo’lgan muhabbatim
2. Qarisi bor uyning, parisi bor.
3. Bobom va bivim mahallamiz faxri.
4. Biz bobo va buvilarni e’zozlaylik.

Men uchun qadrli bo’lgan bobom va buvimga muhabbatim doimo kuchli. Chunki ularninig muhabbati bizlarni shunchalar erkalab suydiki, bizning yuragimiz jo’shqin ura boshladi. Ularning so’zlari samimiy tabassumining o’zida qanchadan-qancha mazmun, mehr-muhabbat mujjassam. Biz ular uchun jon bersak arziydi. Farzandlari uchun bir olam mehr-muhabbat berganlar. Bobom va buvimning bizga aytayotgan har bir bebaho, mehrli so’zlari tufayli ularga hurmatimiz tobora ortadi. Bobom va buvimning bizlarga bergan nasihatlari juda ko’p. Bobom bizni yonlariga chaqirib yaxshi va qiziqarli hikoyalar aytib beradi. Buvim esa nasihatlari orasida: “Eng muhimi insonning qalbi pok bo’lishi kerak”, — deydilar, Bizlar esa o’sha nasihatlar va o’gitlariga hardoim amal qilmog’imiz kerak. Uarni ranjitib hafa qilmaylik.
Bobomning nuroniy kulishlari juda ma’noli. Buvijonim tabassum qilganlarida go’yoki xonadonimiz porlab ketadi. Xalqimizda qarisi bor uyning parisi bor deb bejiz aytmaydi. Chunki ularning yillar davomida orttirgan hayotiy tajribalari biz uchun ibratdir. Keksalarninig ma’noli so’zlarida sehr bor. Ularning gaplari bizning kelgusidagi hayotimiz uchun namuna bo’ladi. Qarisi bor xonadonda qut-baraka bo’ladi. Ular har bir narsani tejab-tergab ishlatishga, hovli, uy-joylarni pokiza tutishga o’rgatadi. Bobom va buvim sarishtali uyga farishta keladi deyishadi.
Mening bobom va buvim mahallada faoldir. Bobom mahalladagi to’y-maraka va hasharlarda elga bosh bo’lib yoshlarga pand-nasihat qiladi. Yoshlarga bilmagan narsalarini o’rgatadi. Hayotdan olgan qiziqarli taassurotlarini so’zlab beradi. Buvijonim esa bo’sh vaqtlarida ea mahalladagi qizlarga zardo’zlik va kashtado’zlik sirlarini o’rgatadi. Xalq og’zaki ijodidan laparlar, yor-yorlar aytib, to’ylarda davralarni qizdiradi. Mahalla to’ylarida ayollarga to’y rasm-rusumlarini o’rgatib boradi. Shu sababli bobom va buvimni mahallaning yosh-u qarisi hurmat bilan e’zozlaydi. Mahallamiz faxri deb, qadrlashadi.
Mehribon otaxon va onaxonlarimiz bor bo’lsin. Baxtimizga hech qachon kasal bo’lmasin. Ularni qalbini sindirmaslikga va doim shod qilishga harakat qilmog’imiz kerak. Qadrlashimiz va e’zozlashimiz lozim. Muhtaram yurtboshimiz 2015 yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qildi. Bu esa bobo va buvalarimizni xursand qildi. Har bir farzand uchun o’z ota-onasi qariganida unga g’amxo’rlik qilib, uni e’zozlashi ham farz, ham qarzdir. Buni har birimiz yodimizda saqlamog’imiz lozim! Yurtimizda keksalarga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ular moddiy-ma’naviy jihatidan rag’batlantirilmoqda. Shunday ekan, bobo va buvijonlarimiz baxtimizga doimo sog’ bo’lishsin. Yuz yoshlariga kirganlarida hm nevara-chevaralarningto’ylarida bosh bo’lib, bizlarni doimo duo qilib turishsin.

Sirdaryo tuman Mirzabod tuman 32 umumta’lim maktab 8 — B sinf o’quvchisi Sulaymonova Dildora

Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri
Reja:
1. Keksalari qadrlangan yurt.
2. Yurtimiz tayanchi,farishtalari.
3. Ezgulik urug’ini ekkan keksalar.
Yurtboshim e’zozlar nuroniylarni,
Mehri bilan siylab bani basharni.
Asraylik biz asriy qadriyatlarni,
An’ana,urf-odat chandon muqaddas.
(Abdulahad qori Shahrixoniy)

Istiqlol yillarida keksalarni e’zozlash, ularga ehtirom ko’rsatish masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.Qayerda yoki qaysi diyorda ko’pni ko’rgan, hayotning achchiq qismatini totgan, katta hayotiy tajribaga ega keksalarga yuksak hurmat bajo keltirib, ular e’tirof deb atalmish oliy tuyg’u bilan chulg’ab olinar ekan, o’sha yerda fayz – baraka bo’ladi. Buni mustaqillikka erishgan O’zbekistonimiz misolida ko’rish mumkin.Negaki, kelajagi buyuk davlat qurish yo’lidan dadil odim tashlayotgan diyorimizda inson omilini kuchaytirishga bo’lgan e’tibor zamirida olam-olam ma’no bor.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali marosim, unda Yurtboshimiz tashabbuslari bilan kirib kelgan yilimizning
“Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishidan ham yaqqol his etishimiz mumkin. Shu o’rinda Yurtboshimizning: “ Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi, desam, yanglishmagan bo’lamiz ”,- degan fikrlarini keltirib o’tishim joizdir. Hozirgi kunda tinch-totuv osuda hayotimiz yo’lida kurashgan matonatli ajdodlarimizning xotirasi qalbimizda abadiy saqlanajak. Ularning beqiyos jasorati, so’nmas irodasi oldida doimo qarzdormiz. Bugun oramizda keksalik gashtini surayotgan aziz nuroniy, urush va mehnat faxriylariga hamisha ta’zimdamiz.Tinchligimiz qadrini oramizda umrguzaronlik qilayotgan urush va mehnat faxriylari,nuroniy otaxon-u onaxonlarimiz, ayniqsa, ko’proq bilishadi,his qilishadi.
Negaki, bugungi farovon hayotimiz, osoyishta kunlarimizga erishishda ularning munosib xizmati va hissasi bor. Shu bois Prezidentimiz ta’kidlaganidek, barchamiz ular oldida umrbod qarzdormiz. Biz bu fidoyi insonlarni yanada ko’proq qadrlashimiz va hurmat-ehtirom ko’rsatishimiz kerak. 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizda yashab kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylariga munosib hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Ularni bir piyola choy ustida suhbatga chaqirildi. Bu suhbatda mening bobom va buvim ham qatnashdi. Ular biz kabi yoshlarga o’zlarining ibratli hayotidan so’zlab berishdi. Tinchlikning qadriga yetishimizni ta’kidlashdi.
Ha,tinchlik eng ulug’ ne’mat.Bu ulug’ ne’matni qadrlash siz bilan bizga bog’liq. Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Hozirgi tinch zamonamizning sababchilari — qo’llari qavariq, yuzlari ajin, bellari bukilgan keksalarimizdir. Ular yurtimizning qulamas ustunlari. Men esa shu ustunlar ostida, ularning tuganmas nurli duolari bilan ulg’aymoqdaman. Mening bobom,buvim va shu kabi keksalarimiz duolari,maslahatlari mahallamizning, nafaqat mahalla,balki yurtimizning obod bo’lishiga katta hissa qo’shishmoqda. Bobom va buvimning yuzlaridagi ajinlar biz uchun, balki yurt uchun chekkan zahmatlari nishonasidir. Shunday ekan keksalarimiz,bobo va buvilarimiz yurtimiz, uyimiz farishtasidur. Bu farishtalar bilan yurtimiz va uyimiz yanada fayzli. Ularning ezgu niyatlari bilan esa Vatanimiz tinch,osuda. Xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor” degan purma’no naql bor. Zotan, ardoqli otajon va onaxonlarimiz bor ekan, xonadonlarimiz charog’on. Bizning yurtda xonadonlarimiz fayzi bo’lmish bobo va buvilarimiz hamisha e’zozda.
Bugungi tinch-totuv, osuda hayotimiz yo’lida kurashgan matonatli ajdodlarimiz, bobo va buvilarimiz sabab o’z hurmatiga ega yurtda yashab kelmoqdamiz. Shunday ekan, bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota-onalarimiz, mo’tabar qariyalarimizning unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanligimizni unutmasligimiz,qo’limizdan kelganicha ularning og’irini yengil, umrini uzoq qilishni o’zimizning insoniy burchimiz deb bilishimiz lozim. Bu ezgulik urug’ini o’z maslahatlari, nasihatlari, dono fikrlari, bizga,aka-ukalarimizga ibratli ertaklari, boshidan kechirganlarini aytish orqali sochayotgan keksalarimiz tufayli biz bugungi kunda dunyo hamjamiyatda o’z nufuzimiz, o’z mavqeimiz, o’z martabamizga erishdik. Tarixan qisqa davr ichida asrlarga tatigulik yutuqlarni qo’lga kiritdik. Bunda, albatta, nuroniy otaxonlarimiz, munis onaxonlarimiz ko’rsatmalari, maslahatlari beqiyos ahamiyat kasb etganligini inkor qilishga haqqimiz yo’q. Shunday ekan, kirib kelgan yangi yilimizning “ Keksalarni e’zozlash yili ” deb nomlanishidan o’zimizga tegishli xulosa chiqarib olmog’imiz lozim. Zotan, ertangi kunimizning yanada porloq bo’lishida bizga ko’makdosh,yaqin maslahatgo’y bo’lgan keksalarimizni boshimizga ko’tarar ekanmiz, Yaratganning o’zi bizni har ishda qo’llashi shubhasiz.

Andijon viloyati,Shahrixon tumani 4-umumta’lim maktabi 8-k sinf oquvchisi Rahmonova Mavluda
Tel +998932501024